Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat qarori bilan NNTlarga oid yangi nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan NNTlarga oid yangi nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori (328-son, 13.06.2022-y.) bilan Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Asosiy maqsad NNTning xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat organlari tomonidan yuridik va texnik yordam ko‘rsatish, loyihani aholining ijtimoiy muammolarini samarali hal etishga yo‘naltirishda uslubiy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.

Nizomga muvofiq:

- nodavlat notijorat tashkilotining xalqaro grant loyihasiga tegishli sohada vakolatli davlat organi milliy hamkor sifatida jalb etiladi;

- milliy hamkor xalqaro grant loyihasining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, loyihani amalga oshirishda vujudga keladigan muammolarni tezkor hal etish, loyihaning mazmunidan kelib chiqib uni amalga oshirishda boshqa davlat organlarini jalb qilish va boshqa vazifalarni bajaradi;

- xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda NNTga davlatning ko‘magini samarali tashkil etish maqsadida nodavlat notijorat tashkiloti bilan kelishilgan holda «yo‘l xaritasi» tasdiqlanadi.

- Nizom bilan davlat organlari zimmasiga nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birga ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuklatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring