Hukumat «snos» bo‘yicha yangi qaror qabul qildi
«Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida» Hukumat qarori (20.04.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi:
- bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
- bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish;
- arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish;
- loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
- qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ob’yektni ro‘yxatdan o‘tkazish;
- qurilish-montaj ishlari tugallangan ob’yektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish;
- ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish.
Shunga muvofiq, jumladan, bino va turar joylarning buzilishga tushganlik holati haqida ma’lumotnoma olish uchun DXM yoki YIDXPga murojaat qilinadi.
Ma’lumotnoma olish uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ma’lumotnoma 3 ish kunida rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchining elektron maziliga yuborilib, unga bu haqida xabar beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter