Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Ichki ishlar tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: Xabar.uz

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Podpolkovnik To‘ychiyev Farxod Yo‘lchiyevich Jizzax viloyati Zomin tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar F.To‘ychiyev Jizzax viloyati Zomin tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Shayzokov Farxod Xolbekovich Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar F.Shayzokov Sirdaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Jalilov Otabek Abdusamatovich Samarqand viloyati Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar O.Jalilov Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Davirov Ravshan Ishkuvatovich Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar R.Davirov Samarqand viloyati IIB 38-son manzil koloniyasi boshlig‘ining tezkor-qidiruv, tartibot va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Mayor Azizov Xayriddin Sirojitdinovich Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar X.Azizov Toshkent viloyati Toshkent tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Sultanxodjayev Ravshan Irkinovich  Toshkent shaxar IIBB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar R.Sultanxodjayev IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring