Ichki ishlar vazirligi «Murodboy»dan jabrlangan fuqarolarga e’lon bilan chiqdi
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida M.M.Yu. (halq orasida «Murodboy» nomi bilan tanilgan) tomonidan ta’sis etilgan «ERKIN AVTO DILLER» MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ijtimoiy xavfli qilmish oqibatida respublikamiz hududida yashovchi aholi qatlami orasida jabr ko‘rgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilgan holda, ularni tergovga jalb qilish maqsadida quyidagi manzillarda tashkil qilingan tergov guruhi shtablariga murojaat qilishlarini so‘raymiz.
• Yangiyo‘l shahridagi «Yangiyo‘l texnologiya va iqtisodiyot» kasb-hunar kolleji. Manzil: Yangiyo‘l shahar Ramadon MFY, Samarqand ko‘chasi 140-uy. Murojaat uchun telefon: +99893-186-59-14
• Chinoz tumanidagi Chinoz qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji. Manzil: Chinoz tumani Afg‘on MFY, Ibn Sino ko‘chasi 1-uy. Murojaat uchun telefon: +99897-783-05-01
• Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani Baxt shahri Ishonch mahallasi Ulug‘ yo‘l ko‘chasi 130-uyda joylashgan «Baxt yengil sanoat» kasb-hunar kolleji. Murojaat uchun telefon: +99899-474-30-07
• Jizzax viloyati Forish tumani Bog‘don shaharchasi N.Malikov ko‘chasi 1-uyda joylashgan Forish tumani Ichki ishlar bo‘limi. Murojaat uchun telefon: +99872-452-12-02.
• Jizzax viloyati Do‘stlik tumani Do‘stlik shahri Do‘stlik ko‘chasi, 17-uyda joylashgan Do‘stlik tumani Ichki ishlar bo‘limi.
Murojaat uchun telefon: +99872-335-42-39
• Jizzax viloyati Jizzax shahar Olmazor mahallasi R.Isayev ko‘chasi, 1-uyda joylashgan Jizzax shahar Ichki ishlar bo‘limi. Murojaat uchun telefon: +99872-226-76-22
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter