Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vazirligi rahbariyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirligi rahbariyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Yahyojon Artikboyevich Abdulxakov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Najmiddin Sadirovich To‘raxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanib, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori lavozimidan ozod etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring