Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi

Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

«Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–6196-son 26.03.2021 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, har bir mahalla, oila va shaxs kesimida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid muammolar bevosita joylarning o‘zida hal etiladi.

Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari tashkil etiladi.

Dastlab mahalla huquq-tartibot maskanlari Toshkent shahrida namunaviy tarzda tashkil etiladi.

Toshkent va Samarqand viloyatlarida 2021 yil 1 iyungacha profilaktika inspektoriga masofadan turib murojaat yuborish va uni ko‘rib chiqish jarayonini kuzatib borish imkonini beruvchi «Smart mahalla» axborot dasturi ishga tushiriladi.

Mazkur axborot dasturi 2021 yil yakunigacha respublikaning boshqa hududlarida ishga tushiriladi.

Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida quyidagilar tashkil etildi:

  • Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasini o‘z ichiga oladigan Tezkor-qidiruv departamenti;
  • Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Probatsiya xizmatini o‘z ichiga oladigan Jamoat xavfsizligi departamenti;
  • Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi,
  • Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasini o‘z ichiga oladigan Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti;
  • Kadrlar bosh boshqarmasi, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi, kasbiy tayyorgarlik boshqarmasini o‘z ichiga oladigan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti;
  • Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi (Bosh prokuraturaning Jinoiy-huquqiy statistika boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tugatildi);
  • Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi.

Shuningdek, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti etib qayta tashkil etildi.

Hududiy ichki ishlar organlarining tuzilmasida ichki ishlar organlari boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha, probatsiya va jazoni ijro etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘i lavozimlari tugatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring