Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzodxon Qudratxo‘ja: «Ichki ishlarga so‘nggi rusumli «Ferrari»lar olib berishimiz kerak»

Sherzodxon Qudratxo‘ja: «Ichki ishlarga so‘nggi rusumli «Ferrari»lar olib berishimiz kerak»

Xalqaro Press-klubning navbatdagi sonida Sherzodxon Qudratxo‘ja huquqni muhofaza qilish organlari nufuzi va ularga yaratilgan sharoitlar haqida gapirib, ichki ishlar organlariga eng so‘nggi rusumdagi «Ferrari»lar olib berish kerakligini aytdi.

«Toshkentda ko‘rib qolaman — ko‘chalarimizda, bulvarlarimizda yigitlar, qizlar otda yursa, odamlarda yurtiga, tarixiga hurmat paydo bo‘ladi. Biz Amir Temur avlodlarimiz, Bobur Mirzo avlodlarimiz. Qonimizda qanday sarkardalar qoni bor. Shu odamni hurmat qiladi.

Mana, Dubayda eng oxirgi rusumdagi mashinada yuradi. Chunki jinoyatchiga yetvolishi kerak. Biz jinoyatchiga «Lasetti»da yetib ololmaymiz. Kerak bo‘lsa, biz ham o‘nta eng kuchli «BMW», «Mersedes» va «Ferrari», zo‘rlarini sotib olishishimiz kerak. Chunki bilishlari kerak — davlat ulardan kuchli. Davlat ulardan kuchli! Kerak bo‘lsa yetvoladi, topadi, to‘rtta yetti nomering bo‘lsa ham, sen bilan gaplashadi», — deya ta’kidladi XPK raisi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring