Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB bedarak yo‘qolgan fuqaroning qidiruvida yordam so‘radi

IIBB bedarak yo‘qolgan fuqaroning qidiruvida yordam so‘radi

Foto: IIBB axborot xizmati

Joriy yilning 15-mart kuni soat taxminan 11.00da Yangiyo‘l shahri, «Mevazor» mahallasi, Samarqand ko‘chasida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan Bahodirov Bobur Ibrohim o‘g‘li, uyidan ko‘chaga chiqib, qaytib kelmagan.

Alohida belgilari: bo‘yi 170-175 sm, gavda tuzilishi o‘rtacha, sochlari kalta va qora rangda, qoshlari qalin, ko‘zlari qora.

Shu kuni u, qora kurtka, kulrang qalin jemper, jinsi shim, qora krossovkada bo‘lgan.

«Hurmatli fuqarolar! Agar siz Bahodirov Bobur haqida biror bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqamiga xabar berishingizni so‘rab qolamiz», deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring