Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV boshqarma boshlig‘i: «Toshkent shahriga propiskaga o‘tvolish «lazeyka» bo‘pqoldi»

IIV boshqarma boshlig‘i: «Toshkent shahriga propiskaga o‘tvolish «lazeyka» bo‘pqoldi»

Foto: AOKA matbuot xizmati

Avval xabar berilganidek, bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida intervyu va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda fuqarolarning ko‘pchilik bo‘lib, birlamchi bozordan uy sotib olayotgani, shu tariqa Toshkent shahrida propiskaga ega bo‘layotgani haqida va bu holatni qanday baholash mumkinligi haqida savol berildi.

«Sodda tilda tushuntiradigan bo‘lsak: viloyatlardan to‘rtta yoki uchta fuqaro o‘zaro kelishib, Toshkent shahrida bir xonali kvartira olib, shu to‘rt kishi o‘sha kvartiraga propiskadan o‘tishmoqchi. O‘tishdi ham, — IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Badriddin Shorixsiyev. — Ko‘p bahsli holatlar aynan propiskadan o‘tish jarayonida yuzaga kelmoqda. Toshkent shahriga propiskaga o‘tvolish, qo‘pol qilib aytganda, «lazeyka» bo‘pqoldi. Lekin, shunga qaramasdan, ko‘pchilik fuqarolar sudga murojaat qilishyapti. Sud qaror chiqargandan keyin bizning xodimlar fuqarolarni propiska qilyapti. Hozir sud yordamida ko‘p muammolar hal bo‘lyapti, sud orqali propiskaga o‘tishyapti. Bu masalani yuqori tashkilotlarga ma’lumot tariqasida kiritdik, bu borada bizga aniq yo‘nalish berishlarini iltimos qildik».

Ma’lumot uchun: Toshkent shahri 11 ta tumandan iborat bo‘lib, uning umumiy maydoni 320 kvadrat kilometrni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring