Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV: Bo‘stonliq tumaniga harakat vaqtincha cheklandi

IIV: Bo‘stonliq tumaniga harakat vaqtincha cheklandi

IIV xabariga ko‘ra, Bo‘stonliq tumanida kirish vaqtincha cheklanmoqda.

«Respublikamizda koronavirusga qarshi olib borilayotgan choralar doirasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanganligini va dam olish maskanlarida dezinfeksiyalash ishlari boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Toshkent viloyati IIBB barcha fuqarolardan maxsus profilaktik tadbirlar tugaguniga qadar Bo‘stonliq tumaniga bormasliklarini hamda yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri baholashlarini so‘rab qoladi».

Bo‘stonliq tumani hududida harakatlanishga faqatgina shu joyda ro‘yxatda turuvchi mahalliy aholiga ruxsat etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 24 martdan Toshkent shahriga ham kirish cheklanmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring