Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV kaltaklangan jurnalistlar bo‘yicha nihoyat bayonot berdi, lekin...

IIV kaltaklangan jurnalistlar bo‘yicha nihoyat bayonot berdi, lekin...

Ushbu fotograf o‘yin paytidagi toshbo‘rondan yaralangan

Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov nihoyat 2 kun oldingi janjal — jurnalistlarning kaltaklanishi yuzasidan bayonot bergan, ammo unda IIB xodimlari OAV vakillarini kaltaklagani rad etilgan.

«11 iyun kuni «Paxtakor» stadionida O‘zbekiston-Iroq futbol terma jamoalari o‘yini jarayonida jamoat tartibini saqlashga biriktirilgan Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan soat 21:00dan keyin stadionda bo‘sh joylar qolmagani sababli fuqarolarning stadionga kirishi to‘xtatilgan. Shu vaqtda Alisher Navoiy ko‘chasi tarafdan stadionga kirish uchun tashkil etilgan tashqi nazorat perimetrda ayrim fuqarolar norozilik bildirib, stadionga kirishga harakat qilib, janjal uyushtirishgan», deyiladi IIV xabarida.

Aytilishicha, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan bezorilik harakatlari zudlik bilan bartaraf etilib, bir nechta fuqarolar tuman IIBga olib borilgan. Fuqarolar orasida «Sevimli» telekanali «Zamon» dasturining vakillari ham borligi o‘sha yerda ayon bo‘lgani aytilgan. IIV talqiniga ko‘ra, odamlar o‘rtasidagi mushtlashuv jarayonida telekanal operatori T.Ibroximovga tan jarohatlari yetkazilib, texnik ashyolari zarar ko‘rgan. Unga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilib, kasalxonaga yetkazilgan.

Holat yuzasidan tekshiruv tayinlanib, jamoat tartibini buzgan fuqarolarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilayotganii yozilgan. Biroq tortib olingan va qaytarib berilmagan jurnalist anjomlari haqida gap aytilmagan. Jurnalistlarga ko‘ra, ular kamera va shtativni olgan, biroq mikrofon va ruxsatnomalar qaytarib berilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring