IIV tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Podpolkovnik Jaloldinov Rustam Zuxurdinovich Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar R.Jaloldinov shu yerning o‘zida IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-tezkor-qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Mayor Vafayev Farxod Axatovich Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar F.Vafayev Kogon tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter