IIV xodimlarni tasvirga olganni jazolash haqidagi qonun loyihasini qayta muhokamaga qo‘ydi
Ichki ishlar vazirligi YHXB xodimlarini foto va videoga olganlarni jazolash haqidagi qonun loyihasini yana qaytadan muhokamaga kiritgan.
Lekin kecha bo‘lib o‘tgan ayrim partiyalar fraksiya yig‘ilishlarida bu loyiha kun tartibidan chiqarib tashlangan. Bunga XDP, O‘zLiDeP va «Adolat» partiyalari qarshi chiqqan, «Milliy tiklanish» va Ekopartiya yoqlab ovoz bergani aytilmoqda.
Qonun loyihasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini ular o‘z xizmat burchlarini, ya’ni jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida olingan foto va videotasvirlarni ularni obro‘sizlantirish yoki xaqorat qilish maqsadida Internet axborot tarmog‘ida joylashtirish bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima yoki o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Shu orqali Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishmoqchi bo‘lishgan.
Hozircha ushbu holatga IIV axborot xizmati izoh berganicha yo‘q.
Ushbu qonun avvalroq jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan va keskin e’tirozlarga sabab bo‘lgandi. Hatto Xabar.uz vaziyatni o‘rganib chiqqan edi.
IIV JXD YHXB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Erali Bozorov esa YPX xodimini tasvirga olib, uni internetda tarqatish haqidagi qaror loyihasi «hali oxiriga yetkazilmagan»ini bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter