Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV YPX xodimini do‘pposlagan qonliko‘nlik haydovchi yuzasidan izoh berdi (video)

IIV YPX xodimini do‘pposlagan qonliko‘nlik haydovchi yuzasidan izoh berdi (video)

Ichki ishlar vazirligi shu yilning may oyida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan «V Uzbekistane voditel izbil sotrudnika GAI i svoyu jenu» sarlavhali video yuzasidan izoh berdi.

Unda aytilishicha, Qonliko‘l tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi inspektori, kichik serjant O.Begjanov 2017-yilning 22-may kuni A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yo‘lida xizmat olib borayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo‘ldan harakatlanib kelayotgan «Neksiya» rusumli avtomashinani to‘xtatib, haydovchisi A.Ye.Utemuratovdan tegishli hujjatlarini so‘raydi. Haydovchi esa hech qanday hujjat ko‘rsata olmagach, inspektor avtomashinani vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘ymoqchi bo‘ladi. Shundan so‘ng haydovchi unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, xodimning xizmat kiyimidan ushlab, yo‘lning pastki qismiga itarib yuborgan.

Holat yuzasidan 2017-yilning 15-noyabr kuni Qonliko‘l tuman jinoyat ishlar bo‘yicha sudi hukm chiqargan. Unga ko‘ra, sudlanuvchi Utemuratov Azamat Yernazar o‘g‘li Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun aybdor deb topilib, u 360 soat majburiy jamoatchilik ishiga jalb etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring