Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask bilan birga fazoni zabt etgan o‘zbekistonlik

Ilon Mask bilan birga fazoni zabt etgan o‘zbekistonlik

Exolaunch bosh direktori, 42 yoshli Dmitriy Bogdanov O‘zbekistonda tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent aviatsiya institutiga o‘qishga kirdi, u yerda 3-kursda o‘qishni tashlab Germaniyaga ko‘chib o‘tdi. 2000 yilda u Berlin texnika universitetiga hujjat topshirdi va aviatsiya va kosmonavt-muhandis mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilindi.

Talabalik chog‘ida u kosmik texnologiyalar kafedrasida dotsent sifatida ishlay boshladi. 2006 yilda universitetni tugatgandan so‘ng, Bogdanov kafedrada o‘qituvchi bo‘lib qoldi va kosmik kemalarni loyihalash sohasida amaliy tadqiqotlar bilan shug‘ullandi.

2011 yilda u o‘zining Exolaunch GmbH kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Buyurtmachi Berlin va Drezden texnik universitetlari edi, ular uchun kislorodni o‘lchash va universitet ishlanmalarini sinab ko‘rish uchun kosmosga uchta kichik yo‘ldoshni uchirish kerak edi.

Debyut parvoz uning uchun juda foydali bo‘ldi - Germaniya universitetlari uchun ishga tushirish narxi 70 000 dollarni tashkil etdi, shundan 7 foizga yaqini Exolaunch komissiyasi hissasiga to‘g‘ri keldi. Bogdanov ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilgacha kompaniyaning besh-yetti mijozi bo‘lgan va daromadi 1 million dollardan kam edi, 2017 yildan buyon xaridorlar soni 20-30 kompaniyaga o‘sgan, tovar aylanmasi 10-15 barobar va daromadi 10 mln dollardan oshib ketgan.

Exolaunch SpaceX bilan 2020 yilda hamkorlikni boshlagan. Birinchi marta «Exolaunch»ni ishga tushirish bo‘yicha kompaniya vitse-prezidenti Janna Medvedeva 2019 yilning o‘rtalarida Yutada bo‘lib o‘tgan «SmallSat Conference» paytida ushbu kompaniyaning savdo menejeri bilan uchrashgan.

«Men kompaniyamiz haqida gapirib berdim: SpaceX qiziqish uyg‘otdi, chunki biz Yevropadan ko‘p yuk olib keladigan integratormiz», deya eslaydi Medvedeva Forbes jurnaliga bergan intervyusida.

2020 yil oktyabr oyida nemis kompaniyasi SpaceX bilan uzoq muddatli hamkorlik shartnomasini imzoladi: endi Exolaunch Amerika kompaniyasining kichik kosmik kemalarini uchirish dasturi doirasida har bir parvozda ishtirok etadi.

Exolaunch Richard Brensonning Virgin Orbit (Virgin Group tarkibiga kiruvchi) kichik sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish kompaniyasi bilan 2019 yil aprelida shartnoma imzolagan.

Exolaunchning vazifasi - yukni orbitaga yetkazib beradigan raketa operatori bilan muzokara olib borish emas, balki butun jarayonga bardosh bera oladigan yo‘ldoshlarni yuk omboriga joylashtirish. Bogdanov Forbesga bergan intervyusida Exolaunch ishini kir yuvadigan mashinasidagi holat misolida tushuntirishga urinadi.

Dmitriy Bogdanov

Bogdanov 2020 yilda butun Exolaunch kompaniyasining sof foydasi taxminan 3 million yevroni tashkil etganligini ta’kidlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, daromad «o‘n millionlab yevroga» yetgan. Tadbirkor aniq raqamlarni oshkor qilmagan, lekin hozirda kompaniyaning 50 dan ortiq mijozlari borligini, shu jumladan, Spire Global, NanoAvionics, Satellogic, Kepler Communications va boshqa kichik yo‘ldoshlar ishlab chiqaruvchilari borligini ta’kidlagan.

Exolaunch uzoq muddatda kerakli yuklarni orbitaga yoki sayyoraning o‘ziga orbital tugmalar yordamida yetkazib berish orqali Mars va Oyga sayohat qilish loyihalarida yordam berishni rejalashtirmoqda. «Bizning orzuimiz - kosmosda DHL bo‘lish», - deya tan oladi Bogdanov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring