Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imom Buxoriy majmuasida 8 ming o‘rinli masjid quriladi

Imom Buxoriy majmuasida 8 ming o‘rinli masjid quriladi

Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, majmuadagi qurilish-obodonlashtirish ishlari jarayonida Imom Buxoriy maqbarasi hozirgi ko‘rinishi saqlangan holda rekonstruksiya qilinadi.

Shu paytgacha maqbara ostidagi qabrni ziyorat qilish uchun yetarli sharoit mavjud emas edi. Yangi loyihada qabr atrofini kengaytirib ziyoratchilar uchun har tomonlama qulaylik yaratish ko‘zda tutilgan.

Sakkiz ming o‘rinli muhtasham masjid quriladi. Majmua atrofida to‘rtta ulkan minora qad rostlaydi. Zamonaviy mehmonxonalar, xalqaro andozalarga to‘la mos keladigan maishiy xizmat va sanitariya-gigiyena shoxobchalari quriladi.

Yana bir e’tiborli tomoni, majmuada qurilish-bunyodkorlik ishlari jarayonida bu yerdagi tarixiy buloq va bir necha yuz yillik chinor daraxtlariga ziyon yetkazilmaydi, deyiladi hokimlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring