Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Innovatsiya vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Innovatsiya vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Innovatsiya vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan (08.10.2020 №PQ-4854-son) Shahlo O‘tkurovna Turdiqulova Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sh.Turdiqulova shu kunga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori lavozimida ishlab kelgan.

Sh.U.Turdiqulova 1973-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1995-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Biologiya fanlari doktori, professor. «Do‘stlik» ordeni sohibasi.

Ilmiy faoliyati davomida 160 tadan ortiq ilmiy ishlari, jumladan 2 ta o‘quv darslik va 2 monografiya chop etgan. Xalqaro ilmiy matbuotda 40 dan ortiq maqolalari chop etilgan. Xirsh indeksi — 11, ishlariga boshqa olimlar tomonidan iqtibos keltirish statistikasi — 1085, O‘zbekistonda deyarli eng yuqori umumiy Impakt faktoriga ega — 149,5.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring