Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish davom ettiriladi

Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish davom ettiriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi davom etmoqda.

«Biz, bu yil tariximizda ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lmagan darajaga olib chiqdik.

Misol uchun, 2017-yilda kam ta’minlangan 500 ming oila ijtimoiy yordam olgan bo‘lsa, bugunga kelib 2 milliondan ortiq oilalarga ko‘mak berilmoqda.

Ajratilayotgan mablag‘lar esa, 7 baravar ko‘paytirilib, yiliga 11 trillion so‘mga yetdi.

Biz ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish siyosatini izchil davom ettiramiz.

Har bir raqam ortida mashaqqatli mehnat yotibdi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, davlat rahbari oxirgi olti yilda, mamlakatimiz bo‘yicha qariyb 300 mingta yoki avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar ko‘p uy-joylar qurilganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring