Islom sivilizatsiyasi makazi jamg‘armasi qaysi manbalar orqali shakllantirilishi ma’lum bo‘ldi
Hukumat qarori (756-son, 16.12.2021-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi makazini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
- xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari;
- homiylik xayriyalari;
- Prezident yoki Hukumat qarorlariga muvofiq ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari;
- taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mablag‘lar quyidagilar uchun sarflanadi:
- ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish, noyob asarlar sotib olish orqali Markaz kitob fondini kengaytirish;
- ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, tadqiqot uchun grant ajratish;
- ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar tashkil qilish;
- kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, konferensiya, seminarlar o‘tkazish;
- multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy ta’minotlarni xarid qilish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter