Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yildi (foto)

Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yildi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 yanvar kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Shuningdek, Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar ham Islom Karimov xotirasiga hurmat ko‘rsatishgan.

«Marosimda Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz manfaati yo‘lidagi tarixiy ishlari, olijanob xislatlari yodga olindi.

Davlatimiz rahbari majmuada Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishdi.  

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi», deyiladi davlat rahbarining matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring