Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroilda qancha O‘zbekiston fuqarosi borligi ma’lum qilindi

Isroilda qancha O‘zbekiston fuqarosi borligi ma’lum qilindi

O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarimizni Isroildagi yordamga muhtoj, yarador, bedarak yo‘qolgan va majburan hibsga olingan fuqarolarimiz haqida xabar berishga chaqirdi.

«Isroil Davlatida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari DIQQATIGA!!!

Isroil hududida yordamga muhtoj, jabr kurgan, bedarak yo‘qolgan va majburiy ushlab turilgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha O‘zbekistonning Isroildagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni va xabar berishingizni so‘raymiz.

Murojaat uchun telefon raqamlar:

03-672-2466

03-672-2371

03-758-5075

03-758-5076», — deyiladi mamlakatimiz diplomatik missiyasi murojaatida.

Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilda 10 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi istiqomat qiladi va vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda Hamas hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 ming kishidan oshgan, 2,9 mingdan ortiq kishi jarohat olgan. Avvalroq G‘azo sektorida 900 dan ortiq odam halok bo‘lgani va 4500 dan ortiq kishi yaralangani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring