Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroildagi elchixona O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi

Isroildagi elchixona O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroilda bo‘lgan fuqarolarga tez va masofadan turib konsullik ro‘yxatidan o‘tishni so‘radi.

Konsullik ro‘yxatidan o‘tmagan fuqarolarga murojaat qilib, anketani belgilangan shaklda to‘ldirishni so‘ragan.

«Ushbu ma’lumot favqulodda vaziyatlarda tez yordam ko‘rsatish uchun muhimdir», deyiladi elchixona xabarida.

Bundan tashqari, shahar ma’muriyatlari tomonidan evakuatsiya va yashash joyidagi o‘zgarishlar, favqulodda konsullik va yuridik yordam ko‘rsatish ishida o‘z vaqtida hisobga olish uchun yangi aloqa ma’lumotlari haqida xabar berish so‘ralgan.

Konsullik bo‘limining aloqa raqamlari:

03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076
054-485-1397

Avvalroq Isroilda 10 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi istiqomat qilishi va vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi aytilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring