Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroildagi o‘zbekistonliklardan elchixonaga bormay turish so‘raldi

Isroildagi o‘zbekistonliklardan elchixonaga bormay turish so‘raldi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolari yana bir murojaat bilan chiqdi.

«Hozirgi paytda mamlakatda murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini e’tiborga olib o‘zingizning shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz», deyiladi xabarda.

Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmaslik, elchixonaga (konsullik xizmatlarini olish uchun) kelishni vaqtincha to‘xtatib turish so‘ralgan.

Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari:  03-672-2466; 03-672-2371; 03-758-5075; 03-758-5076.

Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun: +972 54 485 1397 raqamlari qoldirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring