Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Issiq harorat biroz pasayishi kutilmoqda

Issiq harorat biroz pasayishi kutilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 10-14 iyun kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida kechga tomon mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Haftaning birinchi yarmida havo biroz issiq bo‘ladi, kunduz kunlari harorat 36-39 daraja atrofida, cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda 40-41 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Bunday harorat iyun oyi iqlimiy me’yoridan 1-2 darajaga yuqoridir.

Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati kunduz kunlari 32-35 darajagacha, janubda 36-39 darajagacha biroz pasayishi kutilmoqda.

Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chag-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12 iyunda 35-38 daraja, 13-14 iyunda 32-35 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring