Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiya o‘zbekistonliklar uchun ish o‘rni ajratadi

Italiya o‘zbekistonliklar uchun ish o‘rni ajratadi

Foto: Migratsiya agentligi.

Italiya tomoni 2026-yildan boshlab, o‘zbekistonliklarga 1500 ta bo‘sh ish o‘rni uchun kvota ajratilganligini ma’lum qildi.

Aytilishicha, Italiyada muhandislik, turizm va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda malakali mutaxassislarga talab yuqori.

Migratsiya agentligi xabar berishicha, Italiya bosh vaziri Jorja Melonining mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan — Migratsiya va mobillik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumining ijrosi va amaliyotga joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Imzolangan Anglashuv memorandumi — tarixiy hujjat, uni ustida juda ko‘p ishlandi, kelishuvni tezroq hayotga tatbiq qilish tarafdoriman. Migratsiya muhim yo‘nalish sanaladi, O‘zbekiston esa bu sohadagi boy tajribasi bilan Markaziy Osiyodagi hamkorlar uchun namuna bo‘la oladi , - dedi Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Piergabriele Papadia de Bottini.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring