Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar ittifoqi sardorlari jamoat transportidan bepul foydalanadi

Yoshlar ittifoqi sardorlari jamoat transportidan bepul foydalanadi

Kollaj: «Xabar.uz»

Kecha, 27-yanvar kuni Xorazm yoshlar markazida viloyat ittifoq va «Kamalak» sardorlariga maxsus guvohnoma va ko‘krak nishoni topshirish marosimi o‘tkazildi. Shuningdek, sardorlar moddiy-texnik baza bilan mutlaq ta’minlandi.

— Siz bizning ishonchimizsiz, — dedi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi raisi Mansurbek Masharipov. — Ushbu guvohnomalar bilan endilikda sardorlarimiz vohamizdagi shahar va tumanlararo yo‘nalishlarda yo‘l transport vositalaridan bepul foydalanishadi.

Marosim davomida shahar va tumanlardan yig‘ilgan ittifoq va «Kamalak»ning 200 nafar sardoriga ham ko‘krak nishoni taqdim etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring