Jahon shaharlari Yangi yilni qanday kutib oldi (foto)

31-dekabr oqshomida dunyoning kattayu kichik shaharlarida odamlar Yangi yilni birgalikda qarshilashdi.
Sidney, Avstraliya

Yangi 2019-yilni Avstraliya birinchilardan bo‘lib kutib oldi. Sidneydagi mashhur opera teatriga tutash ko‘rfaz va Xarbor Brij tepasida mushakbozlik uyushtirildi.
Kuala-Lumpur, Malayziya

Malayziya poytaxtidagi mashhur Petronas minorasi Yangi yilga o‘tar kechasi.
Krabi, Tailand

Tailandda Yangi yil oqshomida minglab «orzu fonuslari» samoga ko‘tarildi.
Moskva, Rossiya

Moskvaliklar va shahar mehmonlari Qizil maydonga to‘planishdi — ajoyib manzara.
Parij, Fransiya

Bir necha haftalab davom etgan «sariq nimchalilar» namoyishi Parijdagi bayram kayfiyatiga ta’sirini o‘tkazmadi. Bu yerda ham mushakbozlik.
London, Buyuk Britaniya

«Katta ko‘z» — Yevropadagi eng katta tomosha charxpalagi fonidagi an’anaviy bayram salyuti.
Nyu-York, AQSh

Amerikaliklar garchi bayramni 31-dekabrgacha qarshilashga ulgurishsa-da, baribir, 1-yanvarni kutib olish uchun ko‘chaga chiqishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter