Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamoat joylarida chilim chekish qonun bilan taqiqlanadi

Jamoat joylarida chilim chekish qonun bilan taqiqlanadi

Foto: «Optdoc.ru»

2018-yil 28-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi ish boshlagani haqida xabar bergan edik.

Senatorlar tomonidan «Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ham ko‘rib chiqildi. Qonunning maqsadi jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekish keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, chekmaydigan fuqarolar huquqlari himoyasini ta’minlash va tamaki tutuni bilan zararlanishning oldini olish, chilim va elektron sigaretalar chekish natijasida kelib chiqadigan kasalliklar hamda guruh bo‘lib chekish oqibatida yuqish xavfi bo‘lgan xastaliklar tarqalishining oldini olishdir.

Qonunda «chilim», «chilim uchun tamakisiz chekish aralashmasi», «chilim chekish uchun damlama», «chilim uchun chekish toshi», «elektron sigareta» kabi asosiy tushunchalarning mazmuni ochib berilgan, shuningdek, chilim va elektron sigaretalar chekish mumkin bo‘lmagan jamoat joylari ro‘yxatiga aniqlik kiritilgan.

Qonun chilim va elektron sigaretalar chekishni reklama va targ‘ib qilishni cheklashga doir normalardan iborat bo‘lib, unda jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash choralarini ko‘rish uchun mas’ul shaxslar va ularning majburiyatlari belgilangan, jamoat joylarida joylashgan xonalarni chilim va elektron sigaretalarni chekish uchun berish, shuningdek, jamoat joylarida chilimni va elektron sigaretalarni foydalanishga berish taqiqlanadi.

Senatorlar ta’kidlaganidek, jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklashga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, ta’lim maskanlari va boshqa tashkilotlar ishtirok etishining belgilab qo‘yilgani bunda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring