Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jazo muddatini o‘tab kelgan yoshlar uchun «Ikkinchi imkon» loyihasi boshlanadi

Jazo muddatini o‘tab kelgan yoshlar uchun «Ikkinchi imkon» loyihasi boshlanadi

Yig‘ilishda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tab bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy hayotga tez moslashishini ta’minlash muhim ekani ta’kidlandi.

Buning uchun «Ikkinchi imkon» loyihasi boshlanadi.

Bunday yoshlar 8-12 oylik intensiv kurslarda dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boshqa kasblar va xorijiy tillarga o‘qitilib, daromadli ishga ega bo‘ladi.

Mazkur tizim 1-iyundan Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida, kelasi yildan esa barcha hududlarda joriy qilinadi.

Davlatimiz rahbari so‘zini yakunlagach, yoshlar bilan muloqot boshlandi.

Ayni paytda tadbirda mutasaddilarning hisobotlari, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanmoqda.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring