Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tugatilib, Turizm qo‘mitasiga qo‘shib yuboriladi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tugatiladi va Turizm qo‘mitasiga birlashtiriladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun o‘tayotgan selektorda yangi tuziladigan tashkilotga Aziz Abduhakimov rahbar bo‘lishini ma’lum qilgan.
Aziz Abduhakimov bundan tashqari Bosh vazir o‘rinbosari, Badminton federatsiyasi raisi kabi qator lavozimlarda ham faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Qarshi Davlat universitetiga rektor etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter