Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax hokimining sobiq o‘rinbosari ozodlikka chiqqani inkor etildi

Jizzax hokimining sobiq o‘rinbosari ozodlikka chiqqani inkor etildi

Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akrom Rahmonqulov ozodlikka chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Oliy sud mazkur xabar yuzasidan izoh bergan. Unda aytilishicha, Akrom Rahmonqulov hozirda Toshkent viloyatidagi manzil koloniyada jazo o‘tamoqda. 

Akrom Rahmonqulov jinoiy sheriklari bilan 20 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilishda ayblanib, 2021 yil dekabr oyida 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. 

2018 yil aprelidan 2021 yil yanvarigacha Jizzax viloyati hokimining qurilish va sanoat bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Akrom Rahmonqulov Jizzax shahrida 6 qavatli binoning bir qismi qulashi ortidan ishdan olingandi. 

Rahmonqulov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 205-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 207-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring