Jizzaxda tibbiyot birlashmasi nazoratchisi qo‘lga tushdi

Paxtaobod va Do‘stlik tumanlari Tibbiyot birlashmalariga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasining kadrlar bo‘limi nazoratchisi B.X. fuqaro M.S.ning ishonchiga kirib, ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Jizzax shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.E. fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, uni Do‘stlik tumani tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 21 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter