JSST O‘zbekistondagi bolalar o‘limi yuzasidan munosabat bildirdi
Kecha, 30 dekabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) O‘zbekistonda «DOK-1 Maks» siropi ortidan vafot etgan bolalar o‘limi yuzasidan munosabat bildirdi.
«Biz O‘zbekiston rasmiylari bilan aloqadamiz. Hali ham ma’lumot yig‘ish va ularni tasdiqlash jarayonidamiz», – deyiladi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, 30 dekabrdan boshlab Hindistonning «Marion Biotech» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va yurtimizda ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha turdagi dori vositalarining savdosi vaqtinchalik to‘xtatildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda «Dok-1 Maks» siropini iste’mol qilish ortidan 19 nafar bola vafot etdi.
Mavzuga aloqador: Armonlar qoldirgan farishtaginalar: fojia orti bayonoti mantiqsizligi, «Xabar.uz» suratlarni izlayotgani va boshqalar haqida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter