Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistlar uchun seminar-trening o‘tkazildi

Jurnalistlar uchun seminar-trening o‘tkazildi

Bugun Xorazm viloyatida 22 ta gazeta, 2 ta jurnal, 1 ta axborotnoma, 4 ta televideniye, 1 ta radio – jami 30 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan o‘tkazilayotgan “Hududiy bosma nashrlarning holatini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda.

Navbatdagi o‘quv seminari bugun Urganch shahridagi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining majlislar zalida o‘tkazildi. Unda viloyatda faoliyat ko‘rsatiyotgan davriy bosma nashrlari, teleradiokanallar va nashriyotlar xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Agentlik boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ma’murjon Parpiyev, Xalqaro jurnalistika fakulteti dotsentlari Nazira Toshpo‘latova va Beruniy Alimov hududiy nashrlarning bugungi holati, yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilish holatlari, menejment  va marketing yo‘nalishlaridagi muammolar kabi yo‘nalishlarda so‘z yuritdilar. Shuningdek, tahririyatlar oldida turgan dolarzb muammolar, ularni bartaraf etish borasida fikr almashildi, taklif va tavsiyalar bildirildi.

Seminar-trening ertaga Qoraqalpog‘iston Respublikasida davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring