Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kam ta’minlanganlarga yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgardi

Kam ta’minlanganlarga yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgardi

Vazirlar Mahkamasining 17.10.2023 yildagi 547-son qarori bilan Hukumatning ayrim hujjatlariga ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Hujjat «Temir daftar»ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli og‘ir oilalarning muammolarini tizimli ravishda tezkor hal etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni belgilash zarurati munosabati bilan qabul qilindi.

Xususan, «Temir daftar»ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib (28.04.2021 yildagi 250-son VMQ bilan tasdiqlangan) quyidagi bilan to‘ldirilmoqda:

  • xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining sessiyalari oralig‘idagi davrda kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam ko‘rsatish zaruriyati yuzaga kelganda – «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan beriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.10.2023 yildan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring