Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kardiologiya markazi faoliyati o‘zgaradi, buning uchun budjetdan mablag‘ ajratiladi

Kardiologiya markazi faoliyati o‘zgaradi, buning uchun budjetdan mablag‘ ajratiladi

Kardiologiya markazi faoliyati butunlay o‘zgarishi kerak. Prezident Shavkat Mirziyoyev kardiologiya sohasiga oid o‘tkazilgan videoselektor davomida ushbu talabni qo‘ydi.

Davlat rahbari tomonidan Kardiologiya markazida 15 dan ziyod yuqori texnologik amaliyot yo‘lga qo‘yilishi aytib o‘tildi. Buning uchun bir qator tashabbuslar amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra:

Kardiologiya markazi Rossiyaning Bakulev nomidagi yurak-qon tomir kasalliklari jarrohlik markazi va Germaniyaning Sharite universiteti kabi nufuzli tibbiyot tashkilotlarida yiliga 30 dan 50 nafargacha shifokorlar malakasini oshirishni ta’minlaydi. Ushbu xarajatlar budjetdan qoplab beriladi;

- Markazga preventiv kardiologiya, nur yordamida diagnostika kabi yo‘nalishlarda yangi ilmiy-tadqiqotlar uchun, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi.

- Markazga kelgusi yilning 1 fevraliga qadar ushbu maqsadlar uchun 5 million dollar mablag‘ jalb qilinadi.

«Umuman, qon tomir orqali, yurakdan tashqari boshqa kasalliklarni davolash yo‘lga qo‘yilganini inobatga olib, ushbu Markaz klinikasi faoliyatini ko‘p tarmoqli shaklga o‘tkazish vaqti keldi», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari tomonidan tegishli mutasaddilarga uch oy muddatda Markaz faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha taklif kiritish topshirig‘i berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring