Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Katta Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi muhandisi qo‘lga olindi

Katta Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi muhandisi qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Farg‘ona viloyatida fermer xo‘jaligi rahbarining 5 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Katta Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi muhandisi U.T. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) va boshqalar Toshloq tumanidagi “H.R.” fermer xo‘jaligi rahbari Sh.K.ning ishonchiga kirib, ushbu xo‘jalikning yonida joylashgan kanallar boshqarmasi muhofaza zonasiga kiruvchi 55 sotix yer maydonida kelgusida qurilish ishlarini amalga oshirishi uchun muhofaza hududiga kirmasligi to‘g‘risida xat rasmiylashtirib berishlari evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring