Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kattaqo‘rg‘onda elektr ta’minoti korxonasi «mijozning bo‘yniga 44 mln ilgani» aniqlandi

Kattaqo‘rg‘onda elektr ta’minoti korxonasi «mijozning bo‘yniga 44 mln ilgani» aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

«STRONG DRINKS» MChJning murojaatiga asosan «O‘zenergoinspeksiya»ning Samarqand hududiy bo‘limi tomonidan jamiyatga tegishli bo‘lgan savdo do‘konida 2018-2021 yilgacha foydalanilgan elektr energiyasi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman «Qoradaryo» elektr ta’minoti korxonasi tomonidan qilingan qayta hisob-kitoblar o‘rganib chiqildi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» matbuot xizmati xabar berdi.

O‘rganish vaqtida iste’molchining hisob varag‘iga Kattaqo‘rg‘on tuman «Qoradaryo» elektr ta’minoti korxonasi tomonidan reaktiv energiyani kompensatsiya qilish ishlari yetarli darajada bajarilmaganligi uchun quvvat koeffitsiyentining pasayishi oqibatida tarmoqlarda aktiv energiyaning qo‘shimcha yo‘qolishlari hisobidan 99 008 kVt*soat elektr energiyasi bo‘yicha jami  44 150 040 so‘m asossiz to‘lov talabnomasi kiritilganligi aniqlangan.

Iste’molchining hisob varag‘iga kiritilgan mablag‘ to‘lov talabnomasida ko‘rsatilgan 44 150 040 so‘mning asossiz deyilishiga sabab, «STRONG DRINKS» MChJga tegishli bo‘lgan savdo do‘koni shu hududda joylashgan «VOSTOK GAZ SERVIS» MChJ tasarrufida bo‘lgan elektr tarmog‘iga subiste’molchi sifatida ulangan bo‘lib, subiste’molchi tomonidan reaktiv energiyani kompensatsiya qilish ishlari yetarli darajada bajarilmaganligi uchun quvvat koeffitsiyentining pasayishi oqibatida tarmoqlarda aktiv energiyaning qo‘shimcha yo‘qolishlari «VOSTOK GAZ SERVIS» MChJ tasarrufida bo‘lgan elektr tarmog‘i ulangan 220/110/35/6 kVli «Kattaqo‘rg‘on» podstansiyasida o‘rnatilgan elektr hisoblagichda hisobga olinadi. Bu aktiv energiyaning qo‘shimcha yo‘qolishlari «STRONG DRINKS» MChJ va  «VOSTOK GAZ SERVIS» MChJ o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilib kelingan.

Kattaqo‘rg‘on tuman «Qoradaryo» elektr ta’minoti korxonasi tomonidan asossiz kiritilgan hisob-kitoblar «O‘zenergoinspeksiya» Samarqand hududiy bo‘limi tomonidan o‘rganilib, iste’molchi foydasiga hal etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring