Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelin qaynonasining kartasidan 3,28 mln so‘mni o‘g‘irlab oldi

Kelin qaynonasining kartasidan 3,28 mln so‘mni o‘g‘irlab oldi

Foto: IIV Kiberxavfsizlik markazi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi S.M.ning bank kartasidan 3 283 000 so‘m pulni noma’lum shaxs yechib olgan. U qonuniy chora ko‘rishni so‘rab ichki ishlarga arz qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida kartadagi pullarni o‘zlashtirgan shaxs Xatirchi tumanida yashovchi S.E. (1981-y.t.), ya’ni jabrlanuvchining kelini ekani aniqlangan.

S.E. qaynonasining bank kartasini o‘g‘irlab chiqqan va uning kodini avvaldan bilganligi sababli, pullarni o‘zlashtirgan.

S.E.ga nisbatan O‘zR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring