Kitob o‘qish uchun besh daqiqa

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi Davlat xizmatlari markazida ajoyib tajriba yo‘lga qo‘yilibdi. Bu yerga biron yumush bilan keluvchilarning sheriklari zerikib qolmasliklari uchun ularga kitob o‘qish tavsiya va taklif etilyapti.
Kitoblar juda ko‘p bo‘lmasa-da — durdona asarlar: Amir Temur hayoti, «Qobusnoma», o‘zbek va jahon mumtoz adabiyoti. Kuniga keluvchilardan 100 nafari erinmasdan shu kitoblardan birini varaqlab ko‘rsa va keyinchalik shulardan 10 nafari boshlab qo‘ygan kitobini davom ettirish uchun do‘kondan kitob sotib olsa yoki kutubxonadan olib o‘qisa — buyam progress.
Nima bo‘lgandayam, bekor o‘tirgandan kitob varaqlagan afzal, nima deysiz! Ajabmas, boshqa idoralar ham shunaqangi tajribalarni boshlab yuborishsa.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter