Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘chada bemaqsad yurish karantin cheklovini buzishga kiradimi?

Ko‘chada bemaqsad yurish karantin cheklovini buzishga kiradimi?

Foto: «Xabar.uz»

Ayrim fuqarolarda ko‘chada bemaqsad yurish nima o‘zi va bunga rioya qilmasa qanday javobgarlik mavjud degan savollar tug‘ilmoqda. Bu savollarga Adliya yangiliklari telegram-kanali javob berdi.

Ma’lumki, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan, Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlari, Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq va Yangiyo‘l  shaharlarida fuqarolarning uydan ko‘chaga bemaqsad va sababsiz chiqmasliklari uchun majburiy ravishda «o‘zini yakkalash» hayot tarzi joriy etilgan.

Belgilangan tartibga ko‘ra, «o‘zini yakkalash» hayot tarzida ko‘chaga faqat quyidagi sabablar bilan chiqish mumkin:

- birinchidan, hayotiy zarur bo‘lgan ehtiyojlari (oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalarni xarid qilish va b.) uchun. Bunda shaxs faqat o‘zining yashash hududidagi do‘kon yoki dorixonaga borishi nazarda tutiladi;

-  ikkinchidan, shifokor ko‘rigiga murojaat etish uchun;

- uchinchidan, ish joyiga borish va kelish uchun.

Shuningdek, Maxsus komissiya qarori bilan Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida uy hayvonlari (uy itlari)ni uydan 100 metr atrofida kuniga bir marotaba sayr qildirishga ruxsat berildi.

Ushbu holatlardan tashqari boshqa maqsadlarda ko‘chaga chiqish bu bemaqsad ko‘chaga chiqish sifatida qaraladi va karantin qoidalarini buzish hisoblanadi. Misol uchun, sayr, sport bilan shug‘ullanishga yoki shunchaki yaqin qarindoshini ko‘rishga chiqish ham bemaqsad ko‘chaga chiqish deb topiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring