Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi ko‘krak nishoni ta’sis etilmoqda

Yangi ko‘krak nishoni ta’sis etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasiga ko‘ra, «Yosh vatanparvar» ko‘krak nishoni ta’sis etish rejalashtirilmoqda.

Belgilanishicha, ko‘krak nishoni idoraviy mukofot hisoblanib, har yili 30 iyun – «Yoshlar kuni»da g‘oliblarga tantanali ravishda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladigan musobaqa g‘olibi bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfida ta’lim olayotgan o‘quvchi o‘g‘il bolalar mukofotlanadi.

Qayd etilishicha, ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga ikki yil mobaynida amal qiladigan quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli deb topilgan hamda chaqiruv muddatlarini kechiktirish va chaqiruvdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan taqdirda, birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida qo‘shimcha ravishda 3 ball ko‘rinishida.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring