Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonov prezident bo‘lishni maqsad qilganmi?

Komil Allamjonov prezident bo‘lishni maqsad qilganmi?

Foto: Videolavhadan skrinshot

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov BBC o‘zbek xizmatiga intervyu berdi.

Suhbat davomida jurnalist: «Komil Allamjonovni prezident bo‘lishga maqsad qilish yoki orzu qilishda ayblay olamizmi?» deya savol berdi.

«Yo‘q, menda siyosiy ambitsiyalar yo‘q... Har bitta kitob yozayotgan odam, har bitta yangi-yangi loyihalarni qilgan odam, albatta prezident bo‘lishni orzu qilib amalga oshirmaydi bu ishlarni. Hammaning o‘z maqsadlari bor. Mening hozirgi bosh maqsadim, yoshlarni ilmga jalb qilish. Bugun jamiyatimiz rivojlanishi, oyoqqa turishi uchun ikkita narsa kerak: yoshlarimiz yo bilimli bo‘lishi kerak, yo hunarli bo‘lishi kerak.

Har bitta kitob yozgan odam, har bitta «Zakovat»ga o‘xshagan yirik loyihalarni qilayotgan odam siyosiy ambitsiyalar bilan yashayveradigan bo‘lsa, bilasizmi... hammaning dunyoqarashi, maqsadi har xil. Menda bunday ambitsiyalar yo‘q», — deya javob qaytardi Allamjonov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring