Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonov Xitoy elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Komil Allamjonov Xitoy elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugun, 12 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Szyan Yan xonim va XXR ning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi janob Chjan Venchuan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasini amalga oshirishda ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilarni o‘quv, badiiy, ilmiy va boshqa turdagi adabiyotlar bilan ta’minlash, matbaa uskunalarini modernizatsiya qilish, bosmaxona va ishlab chiqarish binosini ta’mirlash, Ko‘zi ojizlar bosmaxonasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Xitoy tomoni O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy moslashuviga sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib, «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasini amalga oshirishda yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida ko‘zi ojiz bo‘lgan bolalarni darsliklar, badiiy, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan ta’minlash, bosmaxona xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ular uchun qulay mehnat sharoiti yaratish ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring