Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreya eshiklari 10 ming dollar evaziga "ochilmadi"

Koreya eshiklari 10 ming dollar evaziga

Foto: Prokuratura departamenti.

Xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

 Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “K-O‘.” MChJga qarashli o‘quv markazi xodimi S.A. fuqaro Sh.B.ni Koreya davlatiga borishda talab etiladigan ishchi viza uchun o‘tkaziladigan Koreys tili imtihonidan tanishlari orqali o‘tkazib berishi evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring