Janubiy Koreyada tug‘ilish sonining ortishi uchun ish vaqti qisqartirildi

Janubiy Koreya Milliy assambleyasi haftasini 68 dan 52 soatgacha qisqartirish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qildi. Qonun, shuningdek, mamlakatda tug‘ilish sonining ortishiga yordam beradi.
Ish haftasi 40 soatdan iborat bo‘ladi. 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar esa 40 soat o‘rniga haftasiga 35 soat ishlashlari mumkin. Janubiy Koreya iqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlarining fikricha, yangi qonun ish beruvchilarga yiliga 11 milliardga tushadi.
Qonun iyul oyida kuchga kiradi va asosan yirik kompaniyalarga tegishli. Ish soatlarini kamaytirish tashabbusi prezident Mun Chje Indan chiqdi. Yil boshida u eng kam ish haqini 16 foizga oshirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter