Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizdan bir guruhi mukofotlandi

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizdan bir guruhi mukofotlandi

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi.

Jumladan, ushbu farmon bilan pandemiyaga qarshi kurashish vaqtida halok bo‘lgan bir guruh fidoyi yurtdoshlarimiz «Jasorat» medali bilan taqdirlandi:

Djumaniyazova Zulfiya Yuldashovna (marhum) — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali nevrologiya bo‘limi katta hamshirasi;

Nafasov Shavkat Nasirovich (marhum) — Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i;

Tuxtayeva Feruza Askarovna (marhum) — Olmazor tumanidagi 18-oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi, Toshkent shahri;

Uralov Alisher Tashkuvatovich (marhum) — Yakkasaroy tumanidagi markaziy poliklinikasi ultratovush tashxisi shifokori, Toshkent shahri;

Xamraqulov Botir Jabborovich (marhum) — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;

Shamaxmudov A’loxon Abzalovich (marhum) — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari.

Farmonning to‘liq matni.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring