Koronavirus qurboni bo‘lgan hokim o‘rniga yangisi tayinlandi

Qonliko‘l tumani hokimi bo‘lgan Daulet Ayapbergenovich Tolibayev 24-iyul kuni koronavirus infeksiyasidan vafot etgani xabar qilingandi.
Tuman hokimligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Sharap Sersenbayevich Ospanovga Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumani hokimi vazifasini bajarish yuklandi.
U bunga qadar Qonliko‘l tumani hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter