Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXA korrupsiyaga qarshi qanday kurashmoqda?

DXA korrupsiyaga  qarshi qanday kurashmoqda?

Foto:«Xabar.uz»

Adliya vazirligining adliya organlari va muassasalarida kadrlar bilan ishlash bo‘yicha 2019-yilga mo‘ljallangan dasturning 30-bandi ijrosi yuzasidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlar o‘z vaqtida yetkazilishini va darhol ushbu holatlarini aniqlash, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etilishini ta’minlashga ko‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ida @antikorbot nomli maxsus bot yaratildi.

Shuningdek, tezkor aloqalar, rasmiy veb-sahifalardagi Internet-botlar, ijtomoiy tarmoqlar va mobil ilovalar yordamida aholi bilan qayta aloqaning samarali tizimini tashkil etish maqsadida Davlat xizmatlari agentligining www.daxizmat.uz veb-sahifasi ishlab chiqildi, shuningdek, www.facebook.com ijtimoiy tarmog‘ida «Davlat xizmatlari agentligi» nomli sahifa ochildi hamda telegram mobil ilovasida «Davlat xizmatlari» kanali ishga tushurildi. Qolaversa, info@davxizmat.uz elektron pochta manzili hamda «davxizmat@exat.uz» idoralararo tezkor elektron hujjat almashuvi tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Shu bilan birga, Davlat xizmatlari markazlarida jismoniy va yuridik shaxslarga Davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida har bir mas’ul xodimning ish yuritish joyidagi peshtaxtalarida korrupsiyaga qarshi hamda «DXM xodimi xizmat ko‘rsatganda qanday tamoyillarga rioya qilishi kerakligi to‘g‘risida» barchaga ko‘rinib turadigan namunaviy axborot burchaklari tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi hamda Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan «Sirli mijoz» tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Bu tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad, DXM xodilarini markazlarga tashrif buyurgan murojaatchilarga qay darajada Davlat xizmatlarini ko‘rsatilishi hamda xodimlarni hushmuomalada bo‘lish, ahloq va odob intizomiga muntazam ravishda rioya etish, hujjatlarni muddatlariga alohida e’tibor qaratish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Hurmatli fuqarolar, shahrimiz mehmonlari agar siz DXM xodimlari tomonidan adliya organlarini yuzini yerga qaratadigan antikorrutsion hamda belgilangan tamoyillarga rioya etmaydigan ishlarni amalga oshirmoqchi yoki sodir etsa, zudlik bilan Davlat xizmatlari agentligining ishonch-telefon raqamiga (1148), shuningdek, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasining 71-203-60-02, 71-203-60-12 ishonch-telefon raqamlariga xabar bering.

Siz tomonidan yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi qat’iy sir saqlanishi kafolatlanadi.

Firdavs Mansurov,
Davlat xizmatlari agentligi
Toshkent shahar boshqarmasi kadrlar bo‘limi bosh maslahatchisi

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring