Ko‘zi ojiz shaxslar sihatgohda bepul davolanadi
2024 yildan ko‘zida nogironligi bo‘lgan ming nafardan ortiq shaxslar sihatgohda bepul davolanadi.
Vazirlar Mahkamasining ko‘rishda nogironligi bo‘lgan shaxslarni bepul sog‘lomlashtirishga qaratilgan qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Unda aytilishicha, ko‘rishda nuqsoni mavjud nogironligi bo‘lgan shaxslarni O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli «Yangiyul» yurak-asab kasalliklari sihatgohida sog‘lomlashtirish yo‘llanmalari xarajatlarini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash ko‘zda tutilmoqda.
Belgilanishicha, 2024 yildan boshlab yiliga 1 ming 200 nafargacha 1-guruh ko‘rishda nuqsoni mavjud nogironni ularning yetaklovchisi bilan birga sihatgohda sog‘lomlashtirib boriladi. Ular 12 kunlik sog‘lomlashtirish kursidan tekin foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
Qidaga ko‘ra, aynan bir dam oluvchiga mazkur qaror doirasida ikki yilda bir martadan ko‘p yo‘llanma ajratilmaydi.
Muhokamalar 13 iyunga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter